«yangi toshkent» tegli maqolalar


Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi yerlarining qaysi hududlari Yangi Toshkentga o‘tkazilishi belgilandi
24 iyul 2023, 11:44

Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi yerlarining qaysi hududlari Yangi Toshkentga o‘tkazilishi belgilandi

Prezident qarori bilan Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi 10 ta mavze hamda Sholichilik institutining qishloq xo‘jaligi yerlari Yangi Toshkent shahriga ajratiladi. Yerlarning toifasi o‘zgartirilgani uchun qishloq va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya undirilmaydi.

Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi
21 iyul 2023, 11:16

Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi

Prezident qarori bilan Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.

Yangi Toshkentga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi
31 may 2023, 21:24

Yangi Toshkentga Toshkent viloyatidan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tayotgani ma’lum qilindi

Yangi Toshkentni qurish uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19,7 ming gektardan ziyod yer maydoni o‘tmoqda. Shundan 12,9 ming gektari qishloq xo‘jaligi yerlari hisoblanadi.

Poytaxtdagi davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
18 mart 2023, 11:39

Poytaxtdagi davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida 20 ming gektar maydonni egalaydigan Yangi Toshkent quriladi. Poytaxtdagi davlat idoralari ham u yerga ko‘chib boradi. Hozirgi binolar o‘rnida mehmonxona, xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari ochilib, Toshkentni turizm va biznes markaziga aylantirish reja qilinmoqda.

«Har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olish kerak». Prezident — Toshkent bosh rejasining loyihasi haqida
18 oktabr 2022, 16:59

«Har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olish kerak». Prezident — Toshkent bosh rejasining loyihasi haqida

Prezidentga «Yangi Toshkent» konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangan Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh reja loyihasi taqdim etildi. Shavkat Mirziyoyev har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olib, aql bilan, sifatli qurish kerakligini ta’kidladi.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi
7 aprel 2022, 11:20

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi

Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab 610 gektar maydonda quriladigan binolar loyihalari bilan tanishdi. Uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar to‘rt qavatli va to‘rt xil dizaynga ega bo‘ladi. Shuningdek, piyoda va velosiped yo‘laklari, yerosti va yerusti yo‘llari barpo etiladi. Bundan tashqari, prezident Olimpiya shaharchasi loyihasini tasdiqladi.

Prezident: «Yangi Toshkent» barpo etiladi, poytaxt «yashil hudud» ga aylantiriladi
31 avgust 2021, 13:59

Prezident: «Yangi Toshkent» barpo etiladi, poytaxt «yashil hudud» ga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida «Yangi Toshkent» loyihasi amalga oshirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha 2−3 oyda ommaga taqdim etiladi va uni «bahavo joyda» qurish ko‘zda tutilgan. «Endilikda Toshkentda qurilish emas, yashil hudud barpo etiladi», — dedi davlat rahbari.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting